O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" "Vitebsk"ni mag'lubiyatga uchratdi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2025
"Dinamo" Belarus yig'inidagi so'nggi o'yinida "Vitebsk"ga qarshi maydonga tushdi.

Minskdagi bahsda Vadim Abramov shogirdlari g'alaba qozonishdi. 33-daqiqada jamoamizning hujumidan keyin raqib himoyachisi avtogolga sabab bo'ldi – 1:0.

Ikkinchi bo'limda esa zaxiradan maydonga tushgan Behruzbek Obloqulov jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi – 2:0.

Shu tariqa, "Dinamo" ketma-ket ikkinchi o'yinda ham g'alabaga erishdi. Jamoamiz ertaga, 26 iyul kuni O'zbekistonga qaytadi.

O'rtoqlik o'yini. 25 iyul.

"Vitebsk" (Belarus) - "Dinamo" (O'zbekiston) – 0:2

Gollar: Yankovskiy 33 avtogol, B.Obloqulov 70.

"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Ulug'bek Abdullaev, Jaloliddin Jumaboev, Oleksandr Kucherenko, Sanjar Qodirqulov, Ratino, Dmitriy Pletnyov, Jahongir Abdusalomov, Richard Fraydey, Anvarjon Hojimirzaev, Ulug'bek Hoshimov.

Zaxira: S.Karimov, A.Abdurasulov, M.Stanoevich, F.Abdurahmonov, B.Nasimov, B.Obloqulov, M.Mirahmadov, A.Hoshimov, X.Xalilov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати