

Belarus chempionatida yangi mavsum start oldi. "Energetik-BGU" 1-turda o'z uyida "Vitebsk"ni qabul qildi. Qayd etish kerakki, mezbonlar safida bir yo'la uch nafar o'zbekistonlik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi: Bobir Abdiholiqov, Abduqodir Husanov (debyut), Shoxrux Abdurahmonov.
Deyarli uch nafar hamyurtimiz ham o'yinni to'liq o'tkazishdi (Abdiholiqov 90+4 daqiqada almashtirildi). Abduholiqov dastlab 66-daqiqada hisobni ochdi. O'yin yakuniga qadar 90+4 daqiqada penaltidan dubl qayd etdi ham va shu bilan o'yin yakuniga etdi.
Yana bir qiziq jihati, raqib safida ikki futbolchi (Lebedev 85 va Matveenko 90+3) qizil kartochka oldi.
"Energetik-BGU" - "Vitebsk" - 3:1
Minsk. RCOR-BGU stadioni
Gollar: 1:0 - Abdiholikov (66). 2:0 - Papariga (76, penaltidan). 2:1 - Yarockiy (82). 3:1 - Abdixoliqov (90+4, penaltidan).
"Energetik-BGU": Makavchik - Abdurahmonov, Silinskiy, Rilach, Abdiholiqov (Kunskiy, 90+4), Svirepa (s) (Samotoy, 73), Papariga (Grishhenko, 87), Husanov, Lukashevich, Lavrik.
Zaxira: Rusanov, Kleshhuk, Pashevich, Burko, Mixaylov, Savchenko.
"Vitebsk": Gushenko - Veretilo, Volkov, Rassadkin (Skibskiy, 67), Sakovich, Teverov, Skitov (s), Lebedev, Glinskiy (Matveenko, 79), Krasnov (Lisovskiy, 75), Ksenofontov (Yarockiy, 75).
Zaxira: Baranok, Julio Sezar, Xaritonov, Bugreev.
Ogohlantirishlar: Papariga (31), Teverov (57), Sakovich (89).
Chetlatishlar: Lebedev (84), Matveenko (93+).



