"Oq-tepa" - "Navro'z Kubogi-2018" sohibi! FOTO

Xayrulla Xoliqov
5 apr 2018
Bugun Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Navro'z Kubogi-2018" musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Oq-tepa" stadionida kechgan final o'yinida "Oq-tepa" va "Bunyodkor" jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda "Oq-tepa" futbolchilari 5:1 hisobida zafar quchishdi. 

Ma'lumot uchun, ikkala klub ham bu mavsum Toshkent shahar ikkinchi liga turnirida ishtirok etadi. O'yin yakuniga etgach, har ikkala jamoaga maxsus diplom, shuningdek g'olib jamoa "Oq-tepa"ga bosh sovrin kubok topshirildi. 

"Navro'z Kubogi-2018". Final. 5 aprel.

"Bunyodkor" - "Oq-tepa" 1:5

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylovov, Rashid Xudoyberganov.
Nazoratchi: Marat Ismoilov.

Gollar: Ilhom Ahmedov (73) - Javohir Omonov (13), Shahboz Tojiev (45+2), Pavel Solomin (50), Shohruh Hikmatov (61, 82). 


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia