"Oq-tepa": Futbolchimiz yoshlar terma jamoasidan taklif oldi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2015, 13:29
Iqtidorli himoyachi Tursunboy Rahimberdiev O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan taklif oldi.

Xabaringiz bor, Jasur Abduraimov murabbiyligidagi yoshlar terma jamoamiz Bangladeshda tashkil qilinadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Shu musobaqa oldidan termamiz Xitoyda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi va xalqaro turnirda qatnashadi. Tursunboy Rahimberdiev 2-4 sentyabr kunlari Toshkentda, 5-13 sentyabr kunlari esa, Xitoyda tashkil qilinadigan yig'inga taklif qilingan.

Biz Tursunboy Rahimberdiev va terma jamoamizga omad tilab qolamiz!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz