Superligaga o'tish o'yini. "Metallurg" - FarDU 1:0 LIVE hisob

Narzulla Saydullayev
28 noya 2026, 15:19
Superligaga o'tish o'yini doirasidagi "Metallurg" - FarDU uchrashuvi davom etmoqda.

Uchrashuv FarDU sobiq bosh murabbiyi Sergey Lebedev xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlandi. 

O'yinning 45+1-daqiqasida mehmonlar vakili Norxon Sheripov Feruzjon Zokirovga nisbatan qo'pol o'ynadi. Bosh hakam sariq kartochka ko'rsatdi. Biroq VAR yordamida qaror qizil kartochkaga o'zgardi va FarDU maydonda 10 kishi bo'lib qoldi. 

56-daqiqada Zokirov to'pni raqib jarima maydoni ichiga uzatdi, Iminjonov darvoza to'sinini nishonga oldi, Bashriddinov to'pni uzoqlashtirayotganida to'p kutilmaganda darvozabon Dilshod Yoqubovga tegib darvoza chizig'ini kesib o'tdi va hisob ochildi - 1:0. 

"Metallurg" - FarDU 1:0 LIVE

28 noyabr 2026 yil. Bekobod, "Metallurg" stadioni. 14:00

Hakamlar: Rustam Choriev, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Alisher Rahimqulov

VAR: Nikita Mustafin

AVAR: Sherzod A'zamov

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

Komissar: Diyor Xotamqulov.

Gol: Dilshod Yoqubov 56 avtogol, - 1:0. 

"Metallurg": 21. Mohirbek Komilov, 4. Branimir Yochich, 5. Samandar Ochilov, 6. Sherzodjon Komilov, 9. Jasurbek Hakimov, 10. Marko Milichkovich, 17. Navro'zbek Iminjonov, 20. Dostonbek Abdulxaev, 22. Sanjar Shoahmedov (S), 71. Feruzjon Zokirov, 95. Najmiddin Normurodov.

Zaxira: 1. Dilrux Aliev, 32. Suhrobjon Sultanov, 3. Mirziyod Mirodilov, 15. Vladimir Bubanya, 23. Humoyunmirzo Zaylidinov, 30. Davronbek Sulaymonov, 50. Husan Tojiboev, 90. Maksvell, 94. Jasur Azimov.

FarDU: 32. Dilshod Yoqubov, 3. Ahror O'ktamov, 7. Riza Ayvazov (17. Abduvosid Abdurashidov, 61), 10. Ibodjon Abelfazov (S), 11. Maharram Abelfazov, 19. Norxon Sheripov, 20. Doniyor Valiev, 21. Sirojiddin Bashriddinov, 23. Shohruh Yoqubjonov, 28. Rian Islamov, 77. Bobur Farxodov.

Zaxira: 1. Jasur Umurzoqov, 4. Asadbek Habibullaev, 5. Jahongir Ahmadov, 8. Muhammadali Xolmatov, 9. Murodjon Komilov, 18. Sharafiddin Shobirov, 30. Otajon Niyazmetov, 33. Rasuljon Abdurahmonov.

Ogohlantirishlar: Riza Ayvazov 64, 

Chetlatish: Norxon Sheripov 45+1. 

O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia