

"Daily Mail Sport" xabariga ko'ra, kamerunlik posbon barcha zarur hujjatlarni imzolab bo'lgan. Endi klublar transferning so'nggi rasmiy jihatlarini yaqin 24 soat ichida yakunlashi kutilmoqda.
Ijara shartnomasiga ko'ra, "Trabzonspor" "Manchester Yunayted"ga eng ko'pi bilan 1,3 million funt sterling to'laydi. Yakuniy summa jamoaning kelasi mavsumdagi natijalariga bog'liq bo'ladi. Shuningdek, turk klubi Onananing maoshining asosiy qismini ham o'z zimmasiga oladi.
Shartnomada kelasi yozda futbolchini sotib olish huquqi nazarda tutilmagan.
Onana o'tgan yilning sentyabridan buyon "Trabzonspor" safida o'ynab kelmoqda. "Manchester Yunayted" Senne Lammensni xarid qilganidan keyin darvozabonning klubdagi kelajagi qolmagani ma'lum bo'lgan edi.
Kamerunlik darvozabon o'tgan mavsum Turkiya chempionatida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 35 ta gol o'tkazib yubordi.



