Onana MYUga qaytib, asosiy tarkib uchun kurashmoqchi

Mirjalol Normatov
25 fev 2026, 22:50
Ayni damda ijara asosida "Trabzonspor" tarkibida harakat qilayotgan Andre Onana ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Manchester Yunayted"ga qaytishni istamoqda.

U asosiy darvozabon bo'lish uchun kurashmoqchi. O'tgan mavsumdagi yomon o'yinlari va bir qancha qo'pol xatolari sababli belgiyalik Senne Lammens bilan shartnoma imzolagan mankunianliklar hozircha tanlovda adashmadi.

"The Guardian" ma'lumotiga ko'ra, Onana "Manchester Yunayted"da ikkinchi imkoniyat olishga umidvor.

Onana Turkiya klubi safida asosiy posbon hisoblanadi. Hozirgacha u jamoa tarkibida 20 o'yiinda qatnashib, shularning 4tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Trabzon jamoasi esa turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian