Onana birinchi marta APL o'yinida penalti qaytardi

Aslanov Jasurbek
14 sen 2024
Andre Onana APL o'yinida ilk marotaba penalti qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

"Sautgempton" - "Manchester Yunayted" bahsining 29 daqiqasida Styuart Ettuell Diogu Dalot foli tufayli mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. VAR hakam qarorini tasdiqladi.

Onana Kemeron Archer zarbasidan so'ng to'pni qaytardi va Ben Breretonning ikkinchi zarbasidan keyin to'pni egallab oldi.

MYU posboni birinchi marta APL o'yinida seyv ijro etdi. Avval bu ishni u "Kopengagen"ga qarshi YCHL uchrashuvida amalga oshirgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru