Oliy liga-2016. "Lokomotiv" - o'z uyida yutqazmagan yagona jamoa

Narzulla Saydullayev
25 noya 2016
Yakuniga etgan mavsum statistikasi bilan tanishtirishda davom etamiz.

Chempion "Lokomotiv" klubi 2016 yilgi mavsumda o'z maydonidagi bahslarda umuman yutqazmagan yagona jamoaga aylandi. "Temiryo'lchilar" o'z maydonlaridagi 15ta o'yinning 13tasida g'olib bo'lishdi va 2ta durang qayd etishdi.

Uydagi eng ko'p golni ham aynan "Lokomotiv" urgan - 44ta. O'z maydonida eng kam gol o'tkazgan jamoa "Bunyodkor" bo'ldi. "Qaldirg'ochlar" 15ta o'yinda atiga 5 marta o'z darvozalaridan to'p olib chiqishdi.

O'z muxlislari qarshisida eng kam g'alabani "Obod" va "Andijon" qo'lga kiritgan - 5tadan. "Burgutlar" eng kam ochkoni olishdi - 18. Eng ko'p mag'lubiyatni "Andijon" va "Olmaliq" qabul qilib olgan - 7tadan.

Oliy ligani tark etgan jamoa bundan tashqari o'z uyidagi 15ta uchrashuvda raqiblari darvozasiga atiga 12ta gol urishga erishdi xolos. O'z maydonida eng ko'p golni "Navbahor" o'tkazib yuborgan - 27ta.


Oliy liga-2016. (Uy o'yinlari jadvali)


#         
JamoaO'YUDMT-NO
1  
LOKOMOTIV         
15        
13        
2         
0        
44-8         
41       
2NASAF15131134-840
3BUNYODKOR15122128-538
4METALLURG15122138-1538
5PAXTAKOR15113133-1236
6BUXORO15103226-1033
7SHO'RTAN1591522-1928
8QIZILQUM1576225-1627
9MASH'AL1583425-1527
10NEFTCHI1573518-1524
11SO'G'DIYONA1565411-1223
12OLMALIQ1571722-2022
13NAVBAHOR1563627-2721
14QO'QON-19121563618-2121
15OBOD1554617-2319
16ANDIJON1553712-1818


Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia