Olive Jiru tez orada MLS klubi bilan shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi

Administrator
27 mar 2024, 23:15
Futbolchi faoliyatini okean ortida davom ettiradi.

"Milan" klubi hujumchisi Olive Jiru tez orada MLSning "Los Anjeles" klubi bilan shartnoma imzolaydi. AQSH klubi Jiruga 2025 yilning oxirigacha mo'ljallangan shartnoma taqdim qilgan. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi. 

Ma'lumot uchun, "Los Anjeles" Jiruga qiziqib qolgani oktyabr oyida ma'lum bo'lgandi. Bir necha hafta oldin esa Jiruga rasmiy taklif berilgan. Tez orada futbolchi AQSH klubi safiga o'tadi.


AdministratorMuallif
Manba: https://twitter.com/FabrizioRomano