Ole-Gunnar Sulsher: "Old Trafford"dagi o'yinni sabrsizlik bilan kutayapman"

Tolibjon Qosimov
28 yanv 2014
"Kardiff" ustozi Ole-Gunnar Sulsher APL 22-turida sobiq klubi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Old Trafford" – futbol o'ynash uchun eng zo'r joy, shu bois bu o'yinni xuddi futbolchilarim kabi men ham sabrsizlik bilan kutayapman.

Asosiysi uch ochko olish. U erga faqat g'alaba qozonish uchun ketayapmiz deya olmayman, biroq uchrashuvdan so'ng o'yinimizdan uyalmasligimiz kerak.

O'z uyimizga afsus aytmasdan qaytishga umid qilaman", – deydi Sulsher.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru