OFK "Nasaf" hamda "Andijon" uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar nomini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2025
Osiyo futbol konfederatsiyasi Elit OCHL va Osiyo Chempionlar Ligasi 2 o'yinlarining 1-tur o'yinlariga hakamlar tayinladi.

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) – "Nasaf" (O'zbekiston)

15 sentyabr. Jidda shahri

Bosh hakam: Tanimoto Ryo (Yaponiya)

Yordamchi hakamlar: Takeshi Asada, Takebe Yosuke (ikkisi ham Yaponiyadan)

To'rtinchi hakam: Nagamine Koki (Yaponiya)

VAR: Hiroki Kasahara (Yaponiya)

AVAR: Vatanabe Kota (Yaponiya)


"Arqadag'" (Turkmaniston) – "Andijon" (O'zbekiston)

17 sentyabr. Arqadag' shahri

Bosh hakam: Ahmad Al Badove (Singapur)

Yordamchi hakamlar: Manoj Kalvani, Ashokraj Jivaraja (ikkisi ham Singapurdan)

To'rtinchi hakam: Leov Hong Vey (Singapur)


Ma'lumot uchun, OCHL 2 o'yinlari guruh bosqichida VAR'dan foydalanilmaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia