OFK Kubogi. "So'g'diyona" Markaziy mintaqa hududiy finalini Xo'jandda o'tkazadi

Alisher
14 iyul 2022
OFK Kubogi pley-off bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Xabaringiz bor, "E" guruhida g'olib chiqqan Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Markaziy mintaqa hududiy finalida Tojikistonning "Xo'jand" jamoasi bilan o'ynaydi va ushbu bahs 17 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Qur'a natijasiga ko'ra, "So'g'diyona" ushbu o'yinni mehmonda, aniqrog'i Tojikistonda o'tkazadi.




"Bo'rilar" ushbu bahsda g'alaba qozonishsa, keyingi bosqichda Gongkongning "Istern" jamoasiga qarshi mehmonda 6 yoki 7 sentyabrda bahs olib borishadi.



O'zbek jamoasi gongkongliklar to'sig'idan o'tgan taqdirda keyingi bosqichni o'z uyida o'tkazadi. Nihoyat, Ulug'bek Baqoev jamoasi finalga yo'llanma olsa, bahs O'zbekistonda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia