O'FA Hamdamovning Qatar klubiga o'tayotganini e'lon qildi

Alisher
21 yanv 2022
Dubayda yig'inda bo'lib turgan O'zbekiston milliy jamoasi va “Paxtakor” futbolchisi Dostonbek Hamdamov bir necha kun davomida terma mashg'ulotlarida qatnasha olmaydi.

Gap shundaki, futbolchi ijara asosda Qatarning “Al-Sayliya” klubiga o'tmoqda. Hamdamov hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Dohaga yo'l oldi. 22 yanvar kuni Qatar chempionatida “Al-Sayliya” navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi va Dostonbek ushbu o'yindan so'ng milliy jamoa yig'iniga qaytishi mumkin bo'ladi", - deb yozadi O'FA matbuot xizmati. 

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" matbuot xizmati bu borada hozircha hech qanday ma'lumot bergani yo'q.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia