Odiljon Hamrobekov: "Ushbu uchrashuvlar qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini barcha tushunib turibdi"

Абдулвосит Бектемиров
4 sen 2024
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Odiljon Hamrokebov bugungi mashg'luotlarda KXDRga qarshi uchrashuv oldidan fikr bildirdi.

"Terma jamoamiz to'liq tarkibda yig'ildi va dastlabki uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishni boshladik. Ushbu uchrashuvlar qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini barcha tushunib turibdi. Shunga yarasha ham yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ertangi uchrashuvda barcha muxlislarimizni chiroyli o'yinimiz bilan va g'alaba bilan xursand qilish maqsadidamiz. Eski xatolarimizdan xulosa chiqargan holatda, qaysi jabhada yaxshiroq harakat qilishimiz kerakligini bilamiz" - deya fikr bildirdi terma jamoamiz yarimhimoyachisi Odiljon Hamrobekov


Eslatib o'tamiz, ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi uchinchi bosqich doirasida dastlabki uchrashuvni KXDR terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bahs 19:00da "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi.




Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia