

"Bizni stadiondan qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat. Yana bir muhim bahsni g'alaba bilan yakunlab oldik. Yana bir qadam qoldi, xolos. Eronda Jahon chempionatini yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz.
O'yindagi hisob bizni qoniqtirayotgan edi. Shuningdek, raqib darvozaboni juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Noaniq amalga oshirilgan penalti bizga ta’sir o'tkazgani yo'q. Terma jamoada aytarli o'zgarishlar bo'lgani yo'q. Hozir o'zgarishlar qilish uchun vaqt yo'q. Srechko Katanetsning yordamchilari Timur Kapadze bilan birga ishlamoqda" - dedi Odiljon Hamrobekov Qirg'iz Respublikasi mag'lub etilganidan so'ng.

20 mar 2025, 21:00
Uzbekistan — Kyrgyz Republic

1 – 0
Tugadi




