

"Butun jamoa Mourinyoni qo'llab-quvvatlaydi. Har bir futbolchi vaziyatni to'g'irlash uchun mashg'ulotlarda bor kuchi bilan ishlayapti. Vaziyatni to'g'irlaydigan murabbiy bor bo'lsa, o'sha Mourinyo.
O'tgan mavsumda biz u bilan ikki sovrinni qo'lga kiritdik, Angliya chempioniga aylandik. U "Chelsi" tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy. Hozir ko'pchilik uning kyetishini istayapti.
Mourinyo klubni shunday tark eta olmaydi. Natijalar bo'ladi, bunga vaqt kerak" - deydi Obi Mikel.



