OAV: Sarri "Lacio" bilan yangi shartnoma imzoladi

Alisher
2 iyun 2022, 12:23
Italiya OAVning xabariga ko'ra, "Lacio" bosh murabbiyi Mauricio Sarri klub bilan 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Sarri kecha Formellodagi mashg'ulot bazasiga prezident Klaudio Lotito bilan keldi va yangi mehnat shartnomasiga imzo chekdi. 

Sarrining maoshi 3,5 mln evro+bonuslar ko'rinishida bo'ladi.

Muzokaralarda bosh to'siq Sarrining maoshi emas, murabbiyning Lotito va direktor Igli Taredan transfer bozori borasidagi kafolatni olishni xohlashi bo'ldi. Sarri yetakchilarni jamoada saqlab qolishni yoki ularga munosib o'rinbosarlarni xarid qilishni talab qildi.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport