"Nyukasl" MYU yarim himoyachisini xarij qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2023
Yarim himoyachi Skott Maktominay "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Nyukasl" joriy mavsum juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Agar MYU rahbariyati shotlandiyalikni sotishga qaror qilsa, "Nyukasl" rahbariyati birinchilardan taklif yuborishga tayyor. Futbolchining o'zi bu variantga qarshi emas.

Shu bilan birga klub "Vulverxempton" vakili Ruben Neveshga ham qiziqmoqda, ammo "bo'rilar" uni qishda sotmoqchi emas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph