"Napoli" Maktominey bilan shartnomani uzaytirib, uni eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylantirmoqchi

Alisher Ostonov
11 mar 2026, 20:45
"Napoli" yarim himoyachi Skott Maktomineyga 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

Futbolchi ayni damda klubning eng ko'p maosh oluvchi besh futbolchisi qatoriga kirmaydi, shu bois neapolliklar shotlandiyalikning jamoaga o'tganidan buyon qo'shgan hissasini inobatga olgan holda bu vaziyatni to'g'rilamoqchi.

Maktominey "Napoli" safiga 2024 yilda kelib qo'shilgan, bungacha "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan.

Joriy mavsumda 29 yoshli yarim himoyachi "Napoli" safida barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Il Mattino