Konte: "Agar Bellingem uning natijasini takrorlaganida, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritardi"

Sherzod Nurmatov
10 mar 2026, 19:19
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Kontedan yarim himoyachi Skott Maktomineyning darajasi haqida so'rashdi.

"Agar Bellingem "Napoli"da Skott bu yerda qilgan natijani aynan takrorlaganida, "Real" hamma narsani yutar va u "Oltin to'p"ni qo'lga kiritardi. Savolingizga javob shu", – dedi 56 yoshli mutaxassis.

Skott Maktominey ushbu mavsum A Seriya doirasidagi 23 o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ChinoUTD