"Nyukasl" Lorisni sotib olishni rejalashtirmoqda

Sherzod Nurmatov
12 dek 2023
"Hakkalar" fransiyalik futbolchini jarohat olgan Nik Poupga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Angliyaning "Nyukasl" klubi "Tottenxem" darvozaboni Ugo Lorisni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deya xabar berdi "Sun Sport".

"Hakkalar" yaqinda 37 yoshni qarshi oladigan futbolchini jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan Nik Poupning o'rniga olib kelmoqchi.

Ugo Loris joriy mavsum "Tottenxem" tarkibida birorta ham o'yin o'tkazmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sun Sport