

Klub 28 yoshli futbolchini xarid qilmoqchi va u bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolamoqchi.
Agar angliyalik rozi bo'ldi, uni "Nyukasl" tarixidagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylantirishadi. U haftasiga 100 ming funt sterling oladi.
Lingard joriy mavsum MYU tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning "Yunayted" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.



