"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau himoyachi Fabian Sherning salomatligi haqida gapirdi.
"Fabian Sher tizzaosti bo'g'imlaridagi jarohat tufayli ma'lum vaqtni maydon tashqarisida o'tkazishga majbur. U bo'lajak bahsda bizga yordam bera olmaydi va umuman, katta ehtimol bilan bu mavsum uni boshqa ko'ra olmasak kerak", - dedi murabbiy.