Nikki Batt: "Garnachoning MYUda ishga bo'lgan munosabati sharmandali edi"

Aslanov Jasurbek
21 apr 2026, 23:05
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Nikki Batt Alexandro Garnachoning 40 million funt evaziga "Chelsi"ga sotib yuborilganidan mamnun ekanligini yashirib o'tirmadi.

Uning fikricha, argentinalik futbolchining intizomi va klubga bo'lgan hurmati talab darajasida bo'lmagan.

MYU uni sotganidan juda xursandman. Menimcha, u aytilganidek darajada kuchli o'yinchi emas. Uning mahoratini qo'ya turaylik - klubdagi ishiga bo'lgan munosabati shunchaki sharmandali edi.

Aynan shuning uchun ham Lyuk Shou kabi futbolchilar u bilan bog'liq suratlarni (yaqindagi o'yinda Shou Garnachoni erga yiqitgan holati) ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishmoqda. Agar siz jamoadoshlaringiz va klubga hurmatsizlik qilib ketsangiz, shunday bo'ladi.

Biz bilan birga o'sgan futbolchilar uni har bir mashg'ulotda o'z o'rniga qo'yib qo'yishgan bo'lardi. Uni ayab o'tirishmasdi, maydondan "uchirib" yuborishardi. Agar u o'zini shunday tutganida, unga juda qattiq muomala qilishgan bo'lardi. Lekin u bundan saboq chiqarib, yaxshiroq bo'lib qaytardi.

Garnacho doim o'zini boshqalardan yuqori tutardi. Unda nimadir bor deb o'ylagandim, lekin asosiy tarkibga kirishi bilan juda tez havolanib ketdi. O'zini darrov superyulduz deb hisoblay boshladi. Klubda kimdir uni jilovlashi kerak edi. Balki harakat qilishgandir, lekin u shunchaki hammani mensimagan bo'lishi mumkin", - dedi Batt "The Good, The Bad and The Football" podkastida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Good, The Bad and The Football