Niderlandiya TJning asosiy himoyachilaridan biri jarohat oldi

Eldor Akmurzayev
5 iyun 2021
“Yuventus” a'zosi Mateys de Ligt terma jamoaning shanba kungi mashg'ulotlarini erta tark etdi.

De Ligt tos qismidagi og'riqdan shikoyat qilmoqda va Gruziyaga qarshi ertangi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmaydi.

Eslatib o'tamiz, Frank de Bur 13 iyunda Evro-2020'dagi ilk o'yinini Ukraina termasiga qarshi o'tkazadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Vi.nl