

"Nagelsmann bizdan doimo tezroq va effektiv hujum qilishimizni talab qildi. Tuxel esa nazoratga ko'proq e'tibor beradi, u bilan xotirjam va shoshilmasdan pas o'ynash kerak. Bu ikki xil falsafa, biroq ikkisi ham muvaffaqiyatga eltishi mumkin.
Tomas bilan yaxshi munosabat qurdik. U bizga, biz esa unga yaxshi ma'lumotlar etkazyapmiz. Maydonda ham, uning tashqarisida ham juda ko'p suhbatlashamiz", - dedi himoyachi.
Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel mart oyida "Bavariya" boshqaruviga keldi va uning boshqaruvida Bundesliga chempionligini saqlab qoldi.



