Neymarning otasi: "Biz "Barselona"ga qo'ng'iroq qilganimiz yo'q"

Mirjalol Normatov
17 fev 2019, 17:28
PSJ hujumchisi Neymar da Silvaning otasi va agenti "Barselona" bilan bog'lanmagani borasida gapirdi.

"Neymar haqida faqatgina ikkita inson gapirishi mumkin. Ular: men va Neymarning o'zi. U bilan "Barselona"ga qaytishi borasida umuman gaplashmaganmiz. Kimdir bizdan bu haqida eshitdimi? Yo'q, albatta. Har bir futbolchining atrofida mish-mishlar aylanishi tabiiy.

Barchasi yolg'on. Biz "Barselona"ga qo'ng'iroq qilmaganmiz. Bu mish-mishlar bo'lsa ham bizni quvontirmaydi", - dedi Neymarning otasi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal