Nevill: "Pochettino davrida "Chelsi" kiyinish xonasida klub rahbari bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
29 may 2023, 21:12
Gari Nevillning fikricha, "Chelsi" Maurisio Pochettinoni jamoaga bekorga olib kelgani yo'q.

"Menga Pochettino yoqadi. U bilan shartnoma tuzish, tarkibni tozalash va bir-ikki futbolchilarni jamoaga olib kelish orqali "Chelsi" avvalgi darajasiga qaytishi mumkin.

Pochettino potenciali bo'lmagan jamoaga o'tmagan bo'lardi. U "Tottenxem" bilan shu ishni qila olgan.

Maurisio tezda barqarorlik olib keladi. Uning davrida "Chelsi" kiyinish xonasida klub rahbarlari kirmaydi. Pochettino buni qabul qilmaydi. U tezda vaziyatni o'nglaydi" - deydi "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football.London