Nematullo Qutiboev: "Tarkibida O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynagan futbolchilari bor bo'lgan "Buxoro"ga munosib qarshilik qildik"

Narzulla Saydullayev
4 may 2024
Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "Aral" - "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Nematullo Qutiboev o'z fikrlarini bildirdi.

"Bilasiz "Buxoro" tarkibida O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan, Superligada to'p tepgan futbolchilar bor. "Buxoro" oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Shunday jamoaga qarshi qiyin o'yin bo'ldi, yigitlarimga rahmat aytmoqchiman. Agar e'tibor qilsangiz bugun o'yin asosan maydon markazida kechdi. Stadionga kelgan muxlislarga rahmat", - dedi Nematullo Qutiboev.

- Arislan Yusupbaev qachon maydonga qaytadi?

- Yusupbaev bir hafta bo'ldi umumiy mashg'ulotga qo'shildi. Jismoniy holatini tiklab olsa tez orada maydonga tushadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia