Vidich "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin

Alisher
3 iyul 2019, 10:24
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Nemanya Vidich "qizil iblislar"ning U-23 jamoasini boshqarishi mumkin.

Vidich 2018 yil yanvar oyida UEFAning Pro licenziyasini olgan.

Nemanya Vidich faoliyatini "Crvena Zvezda"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

2016 yil 29 yanvarda futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi.

Serbiyalik futbolchi MYU tarkibida 2006-2014 yillarda harakat qilgan. Vidich bundan tashqari "Inter", Suboticaning "Spartak" va Moskvaning "Spartak" klublari sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Metro