

“Neftchi” mazkur tanaffusdan unumli foydalanish, futbolchilarning jismoniy va taktik tayyorgarligini yanada oshirish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini tashkil etadi. Bu haqida farg'onaliklar matbuot xizmati ma'lum qildi.
Bugun kunduzgi soat 11:45 vaqti bilan “Neftchi” futbol klubi delegaciyasi Toshkent xalqaro aeroportidan Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketdi. O'quv-yig'in mashg'ulotlarida murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda klubning turli yo'nalishdagi personal xodimlari ishtirok etadi.
Murabbiylar shtabi va personal tarkibi:
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
Selekcioner murabbiy: Anvar Berdiev
Matbuot kotibi: Saidafzal Abdullaev
Bosh mamur: Aybek Aliev
Mamur: Abduvali Yo'ldashev
Shifokor: Javohir Elmurodov
Uqalovchilar: Ulug'bek Hamdamov, Sanjar Saidov
Operator: Xushnud Bahromov
Tarjimon: Nurullo Subhonov
🔹 Antaliya yig'iniga yo'l olgan futbolchilar tarkibi:
Akbar To'raev (Darvozabon)
Abdulmo'min Nurmuhammadov (Darvozabon)
Anvarjon G'ofurov (Himoyachi)
Muhsinjon Ubaydullaev (Himoyachi)
Ibrohim-Halil Yo'ldashev (Himoyachi)
Izzatillo Po'latov (Himoyachi)
Ikrom Aliboev (Yarim himoyachi)
Mo'minxon Bahodirxonov (Yarim himoyachi)
Abrorbek Ismoilov (Yarim himoyachi)
Alisher Odilov (Yarim himoyachi)
Xurshid G'iyosov (Yarim himoyachi)
Asilbek Jumaev (Yarim himoyachi)
Rustambek Fomin (Yarim himoyachi)
Daler Tuxsanov (Yarim himoyachi)
Azizbek Erimbetov (Yarim himoyachi)
Shuningdek, ayni paytda o'z davlatlarida bo'lib turgan legioner murabbiylar hamda futbolchilar ham yig'inga keyingi bosqichlarda qo'shilishadi. Ular Antaliya shahriga o'z mamlakatlaridan qulay aviareyslar orqali yetib kelishi rejalashtirilgan. Bular:
Murabbiylar:
Antonio Sarioglu - jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy
Facundo Stick - analitik murabbiy
Vitaliy Galat - darvozabonlar murabbiyi
Futbolchilar:
Boyan Ciger
Vladimir Yovovich
Jovan Jokich
Ratino
Zoran Marushich
Stipe Perica
Jamoamning Antaliyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari 24-iyun kuniga qadar davom etadi. Yig'in davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, taktik ishlanmalarni takomillashtirish hamda mavsumning keyingi qismiga puxta tayyorgarlik ko'rish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, yig'in doirasida bir qator nazorat uchrashuvlarini o'tkazish ham rejalashtirilgan. Raqib jamoalar va uchrashuv sanalari haqida klub matbuot xizmati tomonidan qo'shimcha ma'lumot beriladi.



