“NBU-Osiyo” rahbariyati Jafar Irismetov bilan muzokara o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2014
O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi O'zbekiston birinchi ligasida ishtirok etayotgan klubda bosh murabbiy bo'lishi mumkin.
Toshkentning “NBU-Osiyo” klubi rahbariyati Irismetov bilan muzokara o'tkazishmoqda. Agar muzokaralar ijobiy tugasa yosh mutaxassis bosh murabbiy sifatida ish boshlashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "NBU-Osiyo"ning sobiq bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov G'uzorning "Sho'rtan" klubida ish boshladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia