

– "Bunyodkor" ilk turda yetakchilardan hisoblangan OKMKni mag'lub etishni uddalgandi. "Dinamo"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi?
– Futbolda har xil vaziyat bo'lishi mumkin. Qo'limizdan kelgancha harakat qildik. "Dinamo" oddiy jamoa emas, ular kuchli va taktik jihatdan shakllangan. O'z xatolarimiz ham natijaga ta’sir o'tkazdi deb o'ylayman.
– Raqibning qaysi jihatlarini etirof eta olasiz?
– "Dinamo"ning nimalar qila olishi kutilgandi. Ular pressingda yaxshi ishlashdi. Biz ham birinchi bo'limda o'yinimizni yaxshi tarafga o'zgartira olmadik, ammo tanaffusdan keyin o'zimizni o'nglab oldik.
– Jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilarning moslashishi, ular bilan o'zaro tushunish qanday kechmoqda?
– Yangi futbolchilar moslashishi qiyin emas, hammasi yaxshi.
– Mavsum avvalida "Bunyodkor" bosh homiysining klubni moliyalashtirishni to'xtatgani haqida eshitdik. Bu jamoaning maqsadiga ta’sir qilmaydimi?
– Bu muammoni biz ham bilardik. Rostini aytsam, hammamiz professionalmiz va o'zimiz uchun ishlaymiz. Pul bugun yo'q bo'lsa, ertaga bo'lishi mumkin. Yoki aksincha. Muhimi, o'yinni yo'qotib qo'ymaslik kerak. Professional futbolchi har qanday holatga tayyor bo'lishi kerak. Moliyaviy muammolar insonga ta’sir o'tkazadi, lekin bu birinchi darajali masala emas.
– "Bunyodkor" keyingi o'yinni "Surxon"ga qarshi o'tkazadi. Termizliklarning dastlabki ikki o'yinda mag'lubiyatga uchraganini inobatga olsak, poytaxtliklar uchun bo'lajak uchrashuv nisbatan engilroq o'tadimi?
– Engillik deb bo'lmaydi. Chunki Superligadagi har bir jamoa yaxshi darajada. Har bir jamoaga qarshi yaxshi tayyorgarlik bo'lishi kerak va har bir uchrashuv qiyin o'tadi.
Mavzuga oid:
Azizbek Amonov: "Har doim agressiv o'yin namoyish qilib, jamoamga yordam berishga harakat qilaman"
Mahamadu Dembele: “O'zbekiston Superligasiga qanday moslashayotganimni siz menga aytishingiz kerak”



