"Navbahor" sobiq ustozini MYU bazasiga kiritishmadi

Aslanov Jasurbek
28 sen 2024
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi, 2018-2020 yillarda "Navbahor" ustozi sifatida ishlagan Andrey Kanchelskis MYU bazasiga kira olmaganini aytib berdi.

- APL o'yinlariga tushdingizmi?

- Yo'q, imkoni bo'lmadi: Terma jamoalar o'yinlari paytidagi tanaffusda Angliyada edim. MYU bazasiga kirishni xohlagandim, ruxsat berishmadi.

- Nega?

- Haligi murabbiy, gollandiyalik ten Xag, hammadan yashirinib olibdi. Men xatto malaka oshirish haqida so'raganim yo'q, undan nimani o'rganaman?

U klub bazasiga na jurnalistlarni na "Yunayted" afsonalarini kirityapti! Mashg'ulotlar juda yopiq. U nimadan qo'rqadi yoki yashiradi? Tushunmayman.

- Xatto Fergyusonga ham mumkin emasmi?

- Menimcha shunaqa. Baza barcha begona ko'zlar uchun yopiq. Aytgancha, ser Aleks bilan ko'rishish niyatida edim, ammo u AQSHda ekan.

Kelasi safar uchrashish haqida kelishib oldik. Ha, Manchesterda uzoq bo'lganim yo'q. Tongda borib, kechasi Londonga qaytdim" - dedi Kanchelskis.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport24