"Navbahor" o'z himoyachisini "Bunyodkor"ga ijaraga berdi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2021, 15:44
Joriy mavsum arafasida “Andijon”dan “Navbahor”ga o'tgan 26 yoshli himoyachi Farhod Mirahmatov Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga ijaraga berildi.

Mirahmatov “lochinlar” tarkibida Soca Cola Superligada 4 ta o'yin o'tkazib, maydonda 81 daqiqa harakatlangan bo'lsa, O'zbekiston kubogi guruh bosqichi bahslarida 2 ta uchrashuv o'tkazib, 43 daqiqa to'p tepdi.

Shuningdek, "Navbahor"ning sobiq futbolchisi, joriy mavsumning 1-davrasini Pro-liga vakili “Buxoro”da o'tkazgan, “Navbahor”ga ko'rikdan o'tish uchun kelgan yarim himoyachi Abdujamol Isroilovga ham javob berildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Навбаҳор” матбуот хизмати