

"Bavariya" Anchelotti qo'l ostida 60 uchrashuv o'tkazib, ularning 42tasida zafar quchdi va har bir o'yinda o'rtacha 2,25 ochko jamg'ardi.
Foiz hisobida oladigan bo'lsak, murabbiy o'zining faqat ispaniyalik hamkasbi, 2013 - 2016 yillarda jamoa bosh murabbiyi bo'lgan Xosep Gvardiolaga imkoniyatni boy berdi.
Karlo otada g'alabali o'yinlar ko'rsatkichi 70%ni tashkil qilgan bo'lsa, Gvardiolada - 75%. Qolgan hamma ulardan yomonroq natija qayd etgani e'tiborga loyiq.




