"Nasaf" o'z maydonida 2018 yildan buyon "Lokomotiv"ni yuta olmayapti

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2024, 15:59
Bugun Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bu ikki jamoa hozirga qadar O'zbekiston chempionati doirasida 36 marta to'qnash kelishgan. 16 ta o'yinda "ajdarlar", 13 ta bahsda "temiryo'lchilar" zafar quchishgan. Qolgan 7 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

"Nasaf" bu raqibni so'nggi bor o'z maydonida 2018 yilgi mavsumda mag'lub etgan. Shundan keyin Qarshida o'tgan 4 ta uchrashuvda "Lokomotiv" 2 marta g'olib bo'lgan va 2 marta durang qayd etgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia