Narzulla Saydullaev taxmini: Katanets sentyabr oyida terma jamoaga kimlarni chaqiradi?

Narzulla Saydullayev
28 avg 2024
2 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati doirasidagi ikkita o'yinga tayyorgarlikni boshlaydi.

Srechko Katanets bo'lajak yig'inga kimlarni chaqiradi? Ko'pchilik turli familiyalarni taxmin qilmoqda. Lekin fikrimcha yangi nomlar bo'lmaydi. Oxirgi yig'inlarga chaqiruv olganlar orasida sentyabr oyidagi o'yinlarga chaqirlishi mumkin bo'lganlar ro'yxatini tuzib chiqdim:

Darvozabonlar - O'tkir Yusupov ("Fulad", Eron), Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi")

Himoyachilar - Umar Eshmurodov ("Selangor", Malayziya), Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Abduqodir Husanov ("Lans", Fransiya), Abdulla Abdullaev ("Paxtakor"), Farruh Sayfiev ("Navbahor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf")

Yarim himoyachilar - Otabek Shukurov ("Kayserispor", Turkiya), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Odiljon Hamrobekov ("Navbahor"), Aziz Turg'unboev ("Sivasspor", Turkiya), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Abbos Fayzullaev (SSKA, Rossiya), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor ")

Hujumchilar - Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya), Azizbek Amonov ("Neftchi"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Jasur Yaxshiboev ("Ordabasi", Qozog'iston).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia