“Napoli” – “Barselona”. Kike Seten va Jennaro Gattuzo o'yindan oldin nimalar deyishdi?

Alisher
25 fev 2020
Yevropa chempionlar ligasi nimchorak finalidan o'rin olgan “Napoli” va “Barselona” jamoalari o'rtasidagi o'yin oldidan ikkala klub bosh murabbiylari o'rtasida matbuot anjumani o'tkazildi.

Kike Seten: “Men doim shogirdlarimga kuchli o'yinlar paytida kuchni etarlicha taqsimlashni o'rgatganman.  Raqib xatolarini kutishimiz kerak.  Bu bugungi o'yinda ham asosiy rejalarimizdan biri bo'lib qoladi. “Napoli”ni etarlicha o'rganib chiqdim. Guruh bahslarida super natijalar qayd etishdi. Ular bu mavsumda “Liverpul”ni mag'lub etishdi. Hech bir o'yinga bee'tibor qarash kerak emas, ayniqsa u Chempionlar ligasida bo'lsa. Shuning uchun o'zimizni yaqqol favorit demagan bo'lardim. “Napoli”ni ichki chempionatda ishlari uncha ham yaxshi emas. Bor kuchlarini ushbu musobaqaga tashlaganlari aniq”. 

Jennaro Gattuzo: “Bizni katta imtixon kutib turibdi. Futbolchilarimning kayfiyati uncha yomon emas. Ular buyuk klubga qarshi o'z maydonlarida harakat qilishadi. Stadionimiz super muhitni yaratib berishga tayyor. Raqibni hurmat qilgan holda aytishim mumkinki, bizda raqibga qarshi umuman qo'rquv yo'q. Tan olib aytamanki, “Barsa” so'nggi 15 yillikning eng yaxshi klublaridan. Tarkibimizda  sezilarli yo'qotish mavjud – Kulibali jarohati sabab qaydnomaga kiritilmadi. Ammo bu bugun bor imkoniyatlarimizdan foydalanishimizga to'sqinlik qilmaydi deb o'ylayman”. 

Eslatib o'tamiz, “Napoli” – “Barselona” uchrashuvi tunda Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: Goal