Nagelsmann: "Bavariya"ning haqli mag'lubiyati. Yana ikkita gol o'tkazib yuborishimiz mumkin edi"

Aziz Tukhtamuradov
7 apr 2022, 09:23
"Bavariya" ustozi Yulian Nagelsmann "Vilyarreal"ga qarshi bahsdan so'ng fikrlarini bildirdi.

"Biz mag'lubiyatga loyiq edik. Jamoaning holati yaxshi emas edi.

Birinchi bo'limda himoyada kuch yetishmadi. O'zimiz esa hujumda vaziyat yaratmadik. Ikkinchi bo'lim esa aqlbovar qilmas darajada o'tdi. 

Biz nazoratni yo'qotib qo'ydik, chunki gol urishni judayam istab yubordik, ammo yana ikkita gol o'tkazib yuborishimiz mumkin edi", - dedi Nagelsmann. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA