Nagelsmann: "Bavariya"ga ko'proq gol urishi uchun hech kim halaqit qilmayapti"

Mirjalol Normatov
12 mar 2023, 12:56
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Augsburg" (5:3) ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"2-daqiqadayoq o'tkazilgan gol bizni biroz dovdiratib qo'ydi - Berisha hujumni chiroyli yakunladi. Ammo asosiysi - bizning reakciyamiz. Javob yaxshi bo'ldi. Biz tezlashdik va yarim soat vaqt mobaynida ularni hujumga chiqarmadik.

Uchta gol o'tkazib yubormasligimiz kerak edi, ayniqsa, so'nggi golni. Undan tashqari, bizga ko'proq gol urishimiz uchun hech kim halaqit qilmagandi. G'alabadan mamnunman.

Ushbu haftada yaxshi mehnat qildik, ammo hali xotirjamlik vaqt kelmadi. Futbolda aprel oyi eng muhimi hisoblanadi", - dedi Nagelsmann.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal