Nadal "Real"dagi Alonso haqida: "Uy bir kunda qurilmaydi"

Sherzod Nurmatov
25 noya 2025
Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi Rafael Nadal bosh murabbiy Xabi Alonsoning "Real"dagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

"Alonso hozirda chempionatda birinchi o'rinda va Chempionlar Ligasida imtiyozli mavqega ega. Menimcha, klubdagi hech kim hozir uning o'rnida bo'lishni xohlamaydi. Bu yangi loyiha va jamoa o'rganishi kerak bo'lgan ko'p narsa bor. Uy bir kunda qurilmaydi", – dedi Nadal.

Avvalroq Madrid klubi La Ligada ikki marta durang ("Rayo Valekano" (0:0) va "Elche" (2:2) o'ynagan, shuningdek, Chempionlar Ligasida "Liverpul"ga (0:1) yutqazgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Universal