MYUning asosiy darvozaboni uzoq muddatga safdan chiqdi

Khoja
13 iyul 2025
“Manchester Yunayted“ning asosiy darvozaboni Andre Onana mavsumni boshini o'tkazib yuboradi. Darvozabon mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi.

Bu haqida The Telegraph nashri xabar bermoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, darvozabon jarohat sababli kamida 2 oyga safdan chiqqan.

O'tgan mavsum Onana MYU safida 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 11 ta bahsda o'z darvozasining daxlsizligini saqlab qolgan.


KhojaMuallif
Manba: The Telegraph