Myuller "Bavariya"dagi kelajagi haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2023
Futbolchining shartnoma muddati tugamoqda.

"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller Myunxen klubidagi kelajagi haqida to'xtalib o'tdi.

"Men va "Bavariya" o'rtasida ajoyib o'zaro bog'liqlik bor. Biz muzokara olib boramiz. Keling, nima bo'lishini ko'ramiz", – dedi futbolchi.

34 yoshli yarim himoyachining "rekordmaystr" bilan shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Avvalroq A Seriya klublaridan biri uni safiga qo'shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano