

22 yoshli sloveniyalik APL 19-turi doirasida 20-o'rindagi Vulverxemptonga qarshi uy uchrashuvini to'liq o'tkazdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.
Sheshko qatorasiga 8 o'yindan beri (terma jamoa o'yinlarini inobatga olganda – 10 ta) gol urmayapti va ushbu davr mobaynida faqat 1 ta golli uzatma berdi – "Brayton" (4:2) bilan uchrashuvda.
Benyamin MYU safida 16 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi (sentyabr oxiri va oktyabr boshida) va 1 ta assist amalga oshirdi. Hujumchi yozda RB Leyptsigdan bonuslarni inobatga olganda 85 million evro evaziga sotib olingandi.



