Musiala 2-4 haftani o'tkazib yuborishi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 noya 2023
"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala "Galatasaroy"ga (2:1) qarshi YCHL guruh bosqichi 4-tur uchrashuvida jarohat oldi.

20 yoshli futbolchi o'yinning 40-daqiqasida almashtirildi. Uning o'rniga Tomas Myuller maydonga tushdi.

Jurnalist Patrik Shtrasserning xabar berishicha, Musialaning son mushaklari shikastlangan va tiklanish davri 2 haftadan 4 haftagacha davom etadi. "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel bu ma'lumotni tasdiqladi.

"Eng yaxshi holatda bu pay cho'zilishi, yomon holatda – bu mushak tolalarining uzilishi", – dedi Tuxel.

Musiala joriy mavsum barcha musobaqalarda "Bavariya" safida 14 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com