Murod Xolmuhammedov: ”Gol urish maqsadim edi”

Narzulla Saydullayev
15 avg 2016
Oliy liganing 18-tur doirasida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu o'yidan so'ng “So'g'diyona” himoyachisi, birinchi gol muallifi  Murod Xolmuhammedov  o'z fikrlarini bildirdi.

- Bizni qiyin o'yin kutayotganini bilgan edik va munosib tarzda tayyorgarlik ko'rdik. Ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik va  aynan shu o'yinimizni qiyinlashtirdi. Gol urishni anchadan beri xohlagan edim va maqsadimga erishdim. Jamoamga foydam tekkanidan xursandman. Ushbu uyinda kiritilgan gollar davomiy bo'lsin - deydi Xolmuhammedov.
 
Dildora Xolboeva suhbatlashdi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia