Mundial-2026. Rustam Ashurmatov: "Bu guruhdan ikkinchi emas, birinchi o'rin bilan chiqamiz"

Iskandarov Abdulaziz
9 sen 2024
Saytimiz jurnalisti Nodirxo'ja Yuldashev Qozon shahrida O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatovdan intervyu olgandi.

Ushbu intervyuda uni qanday qilib “Bunyodkor”ga kelgani, Shomurodov, Shukurov, Komilov bilan debyuti, Koreyaga borib dunyoqarashi o'zgargani, Katanets va “Rubin”dagi faoliyati va eng asosiy mavzu Jahon chempionati saralash o'yinlari haqida bo'ldi.


"Osiyo kubogida Avstraliya bilan ham o'ynab ko'rdik, kuchimiz etdi. Saralashda ham ular tushganida xafa bo'lmasdim, qo'rqmasdik. Hozir oson raqib yo'q, futbol o'ynashni bilmasa ham darvoza oldida turishni biladi. Ayni paytdagi tarkibimiz raqib tanlaydigan holatda emas. Kuchlilik va o'zimizga ishongan holda aytyapman. 8 ta  uchun boshqa jamoalar ham kurashadi. Oldin 4 taga kirolmasligini bilsada o'ynab berardi. Kvotalar oshgani ularga ham turtki bo'ldi. Guruhimiz lokaciya jihatdan qulay. Ikkinchi emas, birinchi o'rin bilan chiqamiz",- deydi Rustam Ashurmatov 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia