Muxtor Qurbonov: "Paxtakor" Farg'onada doim yaxshi o'ynab kelgan"

Iskandarov Abdulaziz
29 avg 2026, 17:50
"Paxtakor" va "Neftchi" uchrashuvi boshlanishiga oz vaqt qoldi.

Biz mutaxassis, sobiq futbolchilarning o'yin atrofidagi fikrlari bilan qiziqishda davom etamiz. "Paxtakor" va "Neftchi" sobiq o'yinchisi Muxtor Qurbonov bugungi klasiko oldidan imkoniyatlarni chamaladi.

"1992 yildan buyon bu jamoalar o'yini doim shiddatli bo'lib kelgan. Bugun chiroyli o'yin kutmoqdaman. Ayni paytdagi vaziyatdan kelib chiqib "Neftchi"ni favorit deb hisoblayman, 55/45. "Neftchi" o'z muxlislari oldida to'p tepadi. "Paxtakor" Farg'onada doim yaxshi o'ynab kelgan.

2002 yilgi finalda jarima zarbasidan taxminan 30 metrlar atrofidan chiroyli gol urgandim. Ammo ekstra-taymlarda "Paxtakor" g'alabani ilib ketgandi”,- deydi Muxtor Qurbonov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia